Joriy yilning 20-sentyabr kuni Farg‘ona viloyat pedagogik mahorat markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi fan metodistlari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi Vazirining 2024-yil 7-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida”gi 246-sonli buyrug‘i ijrosi holatini ko‘rish va metodik yordam berish maqsadida Farg‘ona shahar 15-umumta’lim maktabiga bordilar.
Ushbu buyruqqa asosan tayanch maktab sifatida tanlab olingan 15-maktabning Kasbiy rivojlanish kuni uchun tayyorgarlik holati o‘rganildi, shuningdek, barcha fan metodistlari tomonidan fan o‘qituvchilariga metodbirlashma hujjatlarini yuritishlari, ommalashtirish uchun qo‘llanmalarni tayyorlashlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.