Joriy yilning 16-18-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining notijorat pedagog-psixologlar Fondi hamkorligida Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazining Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan “Rus tili va adabiyotini o‘qitishning yangi metodikalari. Yangi bo‘lim” mavzusida xalqaro seminar-trening tashkil etildi.
Seminar mashg‘ulotlari Rossiya davlati 3 nafar o‘yin qo‘llanmalar to‘plamlarining muallif-trenerlari tomonidan o‘tkazildi.
Ushbu treninglarda Farg‘ona viloyat pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi rus tili va adabiyoti fani metodisti N.Sh.Bikmaykina hamda Farg’ona shahar maktablarning 25 nafar rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.
Treninglar davomida «Sharq-G‘arb», «Guberniya», «Kitob sayyohlari» va «Yakkalanganni tanlash» dasturiy, “stol” o‘yinlarini o‘tkazish imkoniyatlari va usul-texnologiyalari ko‘rib chiqildi.
Barcha qo‘llanmalar predmetlararo, mazmunlararo aloqalar, madaniy, umuminsoniy qadriyatlar muhimligini va zamonaviy real holatlarni ko‘rsatish hisobga olgan holda yaratilgan bo’lib, ular o‘quvchilarni adabiy qahramonlar, madaniy, tarixiy hodisalar hamda tabiiy-fizik holatlarni muhokama qilish jarayoniga jalb etishga mo‘ljallangan.
Ya’ni ushbu o‘yinlarda qo‘llanilayotgan usul-uslublar orqali mashg‘ulotlar qatnashchilari nafaqat badiiy adabiyot matnlarini bilish darajasini, balki integrallashgan bilimlarni amalga oshirish qobiliyatini ko‘rsatib, fikr almashishlari mumkin.
Oʻyinlar uslublarini amaliyotda qoʻllash maqsadida shaharning ikkita xususiy maktabida (“New generation” va “Bilim nuri”) pedagoglar hamda yuqori sinf oʻquvchilari uchun mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Treninglardan ishtirokchilar katta taassurotlar oldilar va sertifikat bilan taqdirlandilar.
Bundan tashqari, Pedagogik mahorat markazi rus tili va adabiyoti fani metodisti N.Sh.Bikmaykina tomonidan viloyat rus tili va adabiyoti oʻqituvchilariga darslarni boyitish metodikalarini yetkazish maqsadida Rossiya mutaxassislari yaratgan toʻrtta oʻyindan iborat bitta toʻplam qoʻllanmalari taqdim etildi.