Joriy yilning 23-24 sentabr kunlari Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi fan metadistlari tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 26-martdagi “2024-2025-o‘quv yili uchun ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yhatini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 95-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Qizil maktab” toifasiga kiruvchi Toshloq tumani 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Metodik Tur o‘tkazildi.
Metodik tur doirasida fan metodistlari tomonidan aniq, amaliy, ijtimoiy, tabiiy va filologiya yoʻnalishi fanlarining oʻqituvchilari bilan suhbatlar oʻtkazildi hamda darslari tahlil qilindi.
Tahlil jarayonida erishilgan yutuqlar e’tirof etildi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.