2024-yil 28-sentabr kuni Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazida “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Xamrakulov tomonidan “informatika va axborot texnologiyalari” fani malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” ga bag‘ishlab “Ustoz haqida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda “Jamiyatimizda bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, oliygohlarning professor-o‘qituvchilari va ilmiy-ijodiy ziyolilarni bugun biz intilayotgan Uchinchi Renassansning to ‘rt tayanch ustuni deb e’tirof” etilayotganligi haqida so‘z yuritilib, o‘qituvchilar berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, ularning obro‘-e’tibori yuksalayotganligi alohida ta’kidlandi.
Davra suhbatida, shuningdek o‘qituvchilik kasbining kelib chiqishi, ular uchun mamlakatimizda ta’sis etilgan davlat mukofotlari haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida katta o‘qituvchi X.Xamrakulov tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *