Bugun Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi F.Xamalova tomonidan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari” malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “KRK va KRS tashkil etish pedagogik mahoratni oshirishning asosiy omilidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi Vazirining 2024-yil 7-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida”gi 246-sonli buyrug‘i mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.