Avval xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini joriy etish to‘g‘risida” buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi 21 ta tayanch maktablarda o‘quvlar davom etmoqda.
Navbatdagi o’quvlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Hududiy markaz direktori Maftunaxon Odilxo‘jayeva Qo’shtepa tumanidagi tayanch 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga bordi.
Bugun ushbu jarayon aniq fanlar yetakchi o’qituvchilari ishtirokida bo’lib o’tdi. O’quv davomida markaz direktori maktablarda faoliyat olib borayotgan aniq fan ustozlari bilan yaqindan suhbatlashdi va bo‘lib o‘tayotgan o‘quvlar haqida qisqacha ma’lumotlar berib, ustozlarning o’quv jarayoni, bugungi ta’lim tizimi yuzasidan fikrlari bilan yaqindan o’rtoqlashdi.