Bugun Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi “Axborot-resurs markazi”da professor-o‘qituvchilar va bo‘lim xodimlari uchun umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Hududiy markaz direktori Maftunaxon Odilxo‘jayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

Yig‘ilish davomida “Fanlarni rivojlantirish bo‘limi” v.v.b.boshlig‘i S. Boborahimov tomonidan “Kasbiy rivojlantirish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

  

Shuningdek, “Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i” Z.Teshaboyev Malaka oshirish kurs tinglovchilariga qo‘yilgan talablarni kurs mas’ullari orqali tinglovchilarga yetkazish muhimligini eslatib o‘tdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *