Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 246-son buyrugʻida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining birinchi bosqichi joriy yilning oktabr oyidan aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishida tashkil etish belgilangan.

  

Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tabiiy fanlar yoʻnalishida tashkil etish uchun hududlarda 39 nafar va aniq fanlar yonalishi bo‘yicha 39 nafar mentor-oʻqituvchilar tayyorlandi.

Tabiiy va aniq fanlar boʻyicha kasbiy rivojlanish tadbirlarini tumaʻn (shahar)larda davom ettirish maqsadida tayanch maktablarda yetakchi oʻqituvchilar uchun joriy yilning 2-3-oktabr kuni “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlarni tizimli tashkil etish uchun maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarma hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining tegishli buyruqlari bilan 21 ta tayanch maktablar va 964 nafar yetakchi oʻqituvchilar roʻyxatlari tasdiqlangan.

“Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari barcha mas’ullar hamkorlikda faoliyat olib borishi natijasida sifatli tashkil etildi. Ishtirokchilar joriy yilning 2-3-oktabr kunlari  belgilangan soatlarda tayanch maktablariga yetib borib, trening mashgʻulotlarini oʻtkazdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *