“O‘QUVCHILARNI XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARIGA TAYYORLASHDA SINGAPUR TAJRIBASIDAN FOYDALANISH” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

2024-yil 4-oktabr kuni Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazida “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri Z.Mo‘minov va katta o‘qituvchi X.Xoshimova hamda o‘qituvchilar Z.Arabboyeva, Z.Asqarovalar tomonidan “matematika fani” malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “O‘quvchilarni xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlashda Singapur tajribasidan foydalanish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tinglovchilar ishtirokida matematik savodxonlik doirasidagi PISA-2022 savollaridan namunalar tahlil qilindi. Ushbu tahlil davomida natijalarga ta’sir etgan omillar haqida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, tabiiy savodxonligi va matematik savodxonligini oshirish uchun qanday ta’lim metodlaridan foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi baxs-munozalarda tinglovchilar faol ishtirok etdilar.

 

Z.Arabboyeva tomonidan PISA-2025 da o‘quvchilarning muvaffaqqiyatli ishtiroklarini ta’minlash maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar muhokama qilindi. Jumladan, Singapur tajribasi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi va amaliy masalalar bilan boyitildi. Tinglovchilarni qiziqtirgan savollar yuzasidan kafedra mudiri Z.Mo‘minov xamda katta o‘qituvchi X.Xoshimovalar tomonidan atroflicha javob berildi. Davra suhbati qatnashchilar uchun manfaatli bo‘ldi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *