Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Y.Yormatova tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi.
Darsni Farg‘ona shahar 5-umumta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Abdurazzoqova Madinabonu ingliz tili 1-guruh tinglovchilari bilan “Selected Subject” mavzusida dars mashg‘ulotini olib bordilar.
Tinglovchilar Multilevel test bo‘yicha ishlab, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari mashg‘ulotda dars davomida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun “Action dance”, “Happy ball”, “I am on the moon” va “Funny square” mashqlardan foydalanish mumkinligi to‘g‘risida ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.