Bugun Farg’ona shahridagi 5-umumiy o’rta ta’lim maktabida Respublika “Metodist” jurnali tahrir a’zolari, pedagogika fanlari doktori, professor Qunduzxon Husanboyeva, pedagogika fanlari doktori, professor Valijon Qodirov, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori Jamoliddin Nurmuhammedov, pedagogika fanlari doktori, professor G’ofur Hamroyevlar ishtirokida “Metodik tur” bo’lib o’tdi.

Ushbu uchrashuv doirasida professor olimlar 5,6,9,10-sinflarda “Master class” o’tib berdilar.

“Metodik tur” so’ngida Pedagogik markaz Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi ona tili va adabiyot fani metodisti M.Eraliyeva hamda viloyatning ilg’or ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari professor olimlar tomonidan o’tkazilgan davra suhbatida ishtirok etdilar. “Metodik tur” barchada katta taassurotlar qoldirdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *