Bugun Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi biologiya fani metodisti M.S.Sharopova tomonidan “biologiya” fani tinglovchilari uchun “Metodist soati” tashkillandi.

Unda Singapurning MCE ta’lim tashkiloti tomonidan berilgan Singapur tajribasi haqida suhbatlashildi.

Metodist soati davomida o‘qituvchilarning istaklari asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-fevraldagi 32-sonli “O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ommalashtish tartibi haqida tushunchalar berildi.


Bundan tashqari ommalashtirish.uz platformasiga joylangan metodik ishlar, hamda ularda o‘qituvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar, muammolar va ularning yechimlari haqida taqdimotlar orqali to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *