Bugun Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi “Axborot resusrs markazi” bosh mutaxassisi Hamroxon Safarbekova boshchiligida “Umumtaʼlim maktab kutubxona rahbar va xodimlari” 3 guruh tinglovchilari bilan birgalikda G‘ofur G‘ulomning Shum bola asari kitob taqdimoti o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda “Ijtimoiy iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri Sharobutdinova, Umumtaʼlim maktab kutubxona rahbar va xodimlari 2-guruh va o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi.

Tadbirni hududiy markaz direktori Maftunaxon Odilxo‘jaeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ishtirokchilar tomonidan G‘ofur G‘ulom hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’lumotlar, she’rlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *