Bugun Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi “Axborot-resurs markazi”da professor-o‘qituvchilar va bo‘lim xodimlari uchun ma’naviy-ma’rifiy soati bo‘lib o‘tdi.
Unda Hududiy markaz direktori Maftunaxon Odilxo‘jayeva so‘zga chiqib, kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi.
Yig‘ilish davomida Hududiy markaz yuriskonsulti Nargiza Rayimjonova tomonidan 2024-yil 5-iyunda imzolangan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi” O‘RQ-931-sonli qonuni o‘rganish va pedagogik mahorat markazida korrupsion holatlarni oldini olish choralari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, “Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi” metodisti Davlatjon Ro‘ziev O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7/VIII dagi 246-son Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlantirish kuni va kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi buyrug‘i bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida taqdimotlar orqali ma’lumotlar berildi.