2024-yil 12-oktabr kuni Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri Umidaxon Nosirova tomonidan 1-juftlikda mahorat darsi tashkil etildi.
Darsni Buvayda tumani 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Abdullayeva Muxlisa G‘anijon qizi hududiy markazda tashkil etilgan ona tili va adabiyot malaka oshirish kursi 1-guruh tinglovchilari bilan “Boborahim Mashrab hayoti va ijodi” mavzusi bo‘yicha dars mashg‘ulotini olib bordi.
Mashg‘ulot davomida mumtoz adabiyot namunalarini maktabda o‘qitish metodikasi o‘rgatildi. Mavzu yuzasidan tinglovchilar shoir g‘azallarining mazmun-mohiyati, lingvistik xususiyatlari, badiiy-estetik jihatlarini tahlil qilish usullarini o‘rganishdi. Dars samarali tashkil etildi.