Avval xabar berganimizdek,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini ta’minlash, ularning kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratini muntazam oshirib borish, Prezident maktablarida to‘plangan ilg‘or tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etish maqsadida qabul qilingan PQ- 231- sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi va Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Shu munosabati bilan Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazida “Taqdirimiz sizning qo‘lingizda, aziz muallim!” deb nomlangan hamkorlikda yangi loyiha yo‘lga qo‘yilgan bo’lib, ushbu loyiha bo‘yicha navbatdagi tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Hududiy markaz Ingliz tili fani malaka oshirish kursi tinglovchilari hamda Farg‘ona shahar “Prezident maktabi”, “Rahimov school” va Qo‘shtepa tumani “Ixtisoslashtirilgan maktab”dan kelgan faol o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Ushbu tadbirni hududiy markaz direktori Maftunaxon Odilxujayeva kirish so‘zi bilan ochib, navbatni ishtirokchilarga berdi. Tabbir davomida ishtirokchilar tomonidan “Orzuyimdagi ustoz” deb nomlangan taqdimotlar namoyish etildi.

Shuningdek, bu jarayon mobaynida tinglovchilar va o‘quvchi yoshlar o‘zaro fikr almashdilar. Uchrashuv so‘ngida mehmonlarga tadbirda faol ishtirok etganligi uchun markaz ma’muriyati tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *