Bugun Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi faollar zalida “21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Maktabgacha, boshlang‘ich, va maxsus ta’lim metodiklari ” kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulshoda Ismatullayeva va maktabgacha ta’lim malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan birgalikda “Ona tilim — qalbim quyoshi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda hududiy markaz direktori Maftunaxon Odilxo‘jaeva, professor-o‘qituvchilar va malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida Ishtirokchilar tomonidan til bayramiga bag‘ishlab she’rlar, sahna ko‘rinishlari, kuy va qoʻshiqlar ijro etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.