Bugun Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi Ona tili va adabiyot fani metodisti M.Eraliyeva va o‘zbek (davlat) tili fani metodisti H.Karimov tomonidan Ona tili va adabiyot fani malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Metodist soati” tashkillandi.

“Metodist soati” davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining yangi baholash tizimi to‘g‘risidagi 2023-yil 16-avgust kungi 248-sonli hamda 2024-yil 7-avgust kungi 246-sonli, shuningdek, ommalashtirish tartibi haqidagi 32-sonli buyruqlar mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda ommalashtirish ishlarining tayyorlanishi yuzasidan batafsil tushunchlar berildi.

Shu bilan birga, fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlovlar, ularda o‘qituvchilarning ishtiroki yuzasidan ham ma’lumotlar yetkazildi. Bundan tashqari ona tili va adabiyot fanidan yangi o‘quv yilidan joriy qilinadigan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” o‘quvlari uchun dastur yaratish maqsadida o‘qituvchilardan so‘rovnoma olindi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *