2024-yil 22-oktyabr kuni Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi “Pedagogika va psixologiya ta’lim texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi Nargizaxon Toshpo‘latova tinglovchilarning malaka oshirish kursidan keyingi faoliyatini o‘rganish maqsadida Marg‘ilon shahar 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga bordi.
Toshpo‘latova Nargizaxon 2-navbatda tashkil etilgan Ma’muraxon Qo‘ziyevaning 5-b sinfida musiqa, O‘rinboyeva Muharramoy va Olimjonova Sohibaxonning 4-b sinfida ingliz tili, Hayotxon Usmonovaning 3-a sinfida tasviriy san’at, Nodiraxon Qayumovaning 3-e sinfida texnologiya, Irodaxon Tojiboyevaning 3-d sinfida tasviriy san’at fani darsilarini kuzatdi.
Ushbu jarayonda o‘qituvchilarning faoliyati bilan tanishdi hamda o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishlarini kuzatdi. Darslar qiziqarli bo‘lib o‘tdi.
Jarayon so‘ngida Toshpo‘latova Nargizaxon tomonidan yosh o‘qituvchilarga uslubiy ma’lumotlar berib o‘tildi.