Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining texnologiya fani metodisti Mamatova Guloyim tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Metodist soati” tashkillandi.
Dars texnologiya fani tinglovchilari ishtirokida olib borildi. “Metodist soati” davomida Maktabgacha va maktab talimi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 246-sonli buyrug‘ining mazmun va mohiyati tushuntirildi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.