MATEMATIKA FANI BO‘YICHA MASTER-TRENERLAR UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH TRENINGI
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 246-son buyrugʻiga asosan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari aniq fanlar yoʻnalishi bo‘yicha navbatdagi oʻquv jarayonlari boshlandi.
Xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda zoom platformasida Matematika fani bo‘yicha master-trenerlar uchun malaka oshirish treningi davom etmoqda.
Ushbu seminar-treningda Fargʻona viloyati Pedagogik mahorat markazida hamda Qoʻqon shahridagi 6-umumiy oʻrta ta’lim maktabida aniq fanlarning 4 nafar master-trenerlari va 38 nafar mentor oʻqituvchilari qatnashyapti.