2024-yil 24-oktyabr kuni Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri Gulbahor Raximova va Aniq va tabbiy fanlar metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Barno Mamadaliyevalar tomonidan, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli So‘x Pedagogika kolleji talabalari bilan “XXI asr pedagogining ta’limda zamonaviy ko‘nikmalari” mavzusida seminar trening tashkil etildi.
 

Seminar treningda zamonaviy pedagogning zaruriy sifatlari, uni shakllantirish yo‘llari to‘g‘risida fikrlar bildirildi va tavsiyalar berildi. Mavzu doirasida talabalarni qiziqtirgan bir qator savollariga pedagog-psixologlarimiz javob berib o‘tishdi. Seminar trening qiziqarli va mazmunli tashkil etildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *