Bugun Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi faollar zalida professor-o‘qituvchilar va bo‘lim xodimlari uchun hududiy markaz faoliyatiga doir yangi qabul qilingan huquqiy-normativ hujjatlar bilan tanishish va ish faoliyatida qo‘llash yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Hududiy markaz direktori Maftunaxon Odilxo‘jayeva so‘zga chiqib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 334-sonli va 336-sonli buyruqlari ijrosi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Yig‘ilishda professor-o‘qituvchilar va bo‘lim xodimlari ushbu buyruqlar yuzasidan kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *