Bugun Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi Ona tili va adabiyot fani metodisti M.Eraliyeva va o‘zbek (davlat) tili fani metodisti H.Karimov tomonidan o’zbek (davlat) tili fani kurs tinglovchilari uchun “Metodist soati” tashkillandi.
“Metodist soati” davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining yangi baholash tizimi to‘g‘risidagi 2023-yil 16-avgust kungi 248-sonli hamda 2024-yil 7-avgust kungi 246-sonli, shuningdek, 2024-yil 7-fevraldagi ommalashtirish tartibi haqidagi 32-sonli buyruqlari mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda ommalashtirish ishlarining tayyorlanishi yuzasidan batafsil tushunchlar berildi.
Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.