Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 246-son buyrugʻiga asosan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining birinchi bosqichi aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishida davom ettirilmoqda.
Pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlarini tizimli tashkil etish maqsadida joriy yilning 25-oktabr kuni Hududiy markaz pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari S.Boborahimov, aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri Z.Mo‘minov va ushbu kafedra o‘qituvchilari hamda metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi fan metodistlari hamkorlikda “Kasbiy rivojlanish soati” tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirda “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari xalqaro ta’lim tashkiloti mutaxassislari tomondan berilgan o‘quv qo‘llanmalar asosida olib borilayotganligi, master trener va mentor o‘qituvchilar faol ishtirok etayotganligi aytib o‘tildi. Tadbir so‘ngida pedagog xodimlar o‘zaro savol javoblar orqali olingan ma’lumotlar bo‘yicha fikr almashdilar.