Bugun Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xadiqaxon Xoshimova tomonidan biologiya fani malaka oshirish kursi tinglovchilariga “5-E yondashuvidan foydalanish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida Singapur ta’limi va 5-E yondashuvidan darslarda qanday foydalanish haqida tinglovchilarga tushunchalar berib o‘tildi.

Mazkur darsda ishtirokchilar 5-E yondashuvini mavzularga tadbiq etilishi yuzasidan guruhlarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu jarayon qiziqarli va savol javoblarga boy tarzda bo’lib o’tdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *