Joriy yilning 26-oktabr kuni Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri Umidaxon Nosirova tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.
Darsni Oltiariq tumani 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o’zbek tili fani o‘qituvchisi Ismoilova Ma’mura Muhammadaliyevna hududiy markazda tashkil etilgan Davlat(o’zbek) tili fani malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan “O’quvchilarning intellektual salohiyatini oshirishda 4K modelining ahamiyati ” mavzusi bo‘yicha dars mashg‘ulotini olib bordi.
Dars davomida tinglovchilar “Piramida”, “Feyk xabar”, “Pianino chalamiz” hamda ”Salom do’stim” kabi bir nechta metodlar bilan ishladilar.