Bugun Farg‘ona viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “PISA-2022 xalqaro baholash tadqiqoti natijalari tahlili va ta’lim sifatini oshirishning dolzarb masalalari: muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusida Respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
2022-yilda oʻtkazilgan PISA tadqiqotlari, unda oʻquvchilarning matematik, tabiiy-ilmiy va oʻqish savodxonliklari baholandi. Navbatdagi bunday tadqiqotlar 2025-yilda oʻtkaziladi va unda oʻquvchilarning tabiiy-ilmiy, matematik va oʻqish savodxonliklari hamda raqamli dunyoda oʻrganish koʻnikmasi baholanadi.
Konferensiyaning maqsadi xalqaro baholash dasturlari boʻyicha topshiriqlar tuzish va ularni yechish metodikasi, oʻquvchilarni xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash, oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirish sohalaridagi ilgʻor tajribalar, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, fan, та’lim va amaliyot integratsiyasini ta’minlashning ilmiy yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlib, xalqaro baholash dasturlari boʻyicha topshiriqlar tuzish va ularni yechish metodikasi, oʻquvchilarni xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash, oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirish sohasidagi zamonaviy metodikalar va texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini tashkil etishga doir mahalliy va xorijiy ilmiy tadqiqotlarni toʻplash, tajribalarni oʻrganish, aniqlash, ommalashtirish, shu orqali bevosita maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan istiqbolli rejalarni belgilab olishdir.
Konferensiya so‘ngida fikr va mulohazalar bildirildi, tavsiyalar ishlab chiqildi. Konferensiya o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.