Joriy yining 13-iyun kuni Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani 56-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Respublika ta’lim markazi va Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi hamkorligida “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijtimoiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy ta’lim talablari va yangicha yondashuvlar” mavzusida Respublika o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminar maktab yosh iqtidor egalarining kuy va qo‘shiqlari bilan boshlandi. Dastlab ushbu jarayonni Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi rahbari S.Boborahimov o‘z nutqi bilan ochib berdilar.
Shundan so‘ng huquq fani metodisti M.Xoshimova, tarix fani metodisti S. Ibroximova va tarbiya fani metodisti D.Ro‘ziyevlar o‘z kasb mahoratlari haqida qisqacha suhbat o‘tkazdilar va barcha ustozlarni seminar mashg‘ulotlariga taklif etdilar. O‘quv-seminari oflayn tarzda o‘tkazilishi bilan bir qatorda, Respublika bo‘ylab zoom platformasi orqali onlayn tarzda ham olib borildi. Seminar yakunida pedagogik markaz tomonidan mahorat darslarini o‘tkazgan trener-ustozlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.