Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida PISA – 2022 xalqaro baholash tadqiqoti natijalari tahlili va PISA – 2025 tadqiqotiga tayyorgarlik masalalari” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv seminari “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Unda Pedagogik markaz professor-o‘qituvchilari, Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi metodistlari va Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdilar.

  

O‘quv seminarini pedagogika markazi direktori v.v.b X. Shokirova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri Z. Mo‘minov O‘zbekistonning xalqaro baholash dasturlaridagi ishtiroki, bu borada natijalarni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

O‘quv seminarida, shuningdek kafedra katta o‘qituvchisi X.Xoshimovaning “Ta’lim jarayonida tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirish usullari” mavzusidagi, katta o‘qituvchi X.Xamrakulovning “O‘quvchilarning matematik savodxonligini rivojlantirish usullari, yo‘llari va texnologiyalari” mavzusidagi hamda katta o‘qituvchi N.Xankeldiyevaning “O‘quvchilarda raqamli dunyoda o‘rganish ko‘nikmasini shakllantirish masalalari” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

O‘quv seminari yakunida tinglangan ma’ruzalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar seminarda olgan taassurotlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *