Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida 2024-yilning 6 oylik faoliyatiga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish barcha markaz bo‘linmalari va professor-o‘qituvchilari, metodik xizmat bo‘limi metodistlari bilan hamkorlikda mazmunli va manfaatli tarzda tashkil etildi. Kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlarining hisoboti nihoyatda qiziqarli tayyorlangan bo‘lib, 6 oylik bajarilgan ishlarni qamrab olish bilan birga bir-birini to‘ldirdi.

Markaz direktori v.v.b. Havasxon Shokirovaning yarim yillik faoliyat hisoboti pedagogik markazning umumlashgan yaxlit infografik hisoboti ko‘rinishida amalga oshirilgan va istiqbol rejalarni ham aks ettirdi. Faollar taqdirlangan daqiqalar barchada ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otdi.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *