Shu yilning 29 iyul-2 avgust  kunlari Marg‘ilon shahrida umumta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, tarbiyaviy ishlar natijadorligini hamda direktor o‘rinbosarlarining ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida “Marg‘ilon shahridagi umumta’lim maktablari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.


Tarix fanlari doktori, markaz  professori Nodirjon Abdulahatov seminar ishtirokchilari uchun “Ta’lim va tarbiyada pedagogik etika” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *