Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazida Singapurning “Marshall Cavendish Education” xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan seminar-treninglarni kaskad usulida davom ettirish jarayonlariga start berildi.
Seminar-trening jarayonlariga 19 nafar tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirlari, 73 nafar maktab direktorlari, 39 nafar matematika fani o‘qituvchilari va 57 nafar tabiiy (Science) fani o‘qituvchilari qamrab olindi.