Kuni kecha Fargʻona viloyatida yoshlarga O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zining muvaffaqiyatli hissasini qo‘shishlari uchun bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish maqsadida AQSh xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) tomonidan “O‘zbekiston yoshlarining ishga joylashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusidagi dastur asosida seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

   

Seminar viloyat markazida joylashgan “Aziya” mehmonxonasining konferensiya zalida tashkil etildi. Soha tadbirkorlari, trener va mentorlar hamda 30 dan ziyod tabiiy fan o‘qituvchilari ishtirok etgan tadbirda Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari ishtirokchilarga trener sifatida yoshlarda ijtimoiy konikmalarni shakllantirish, maqsadga erishish yoʻllar, bilimlarni o‘rganish jarayonlari, aniq ko‘rsatmalar berish, formativ va summativ baholash va turli muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yechim topish konikmalarni shakllantirish bo‘yicha mashgʻulotlar olib bordilar.
Seminar davomida tashkil etilgan mikro darslar tahlil etib borildi. Markaz professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan mashgʻulotlar ishtirokchilar tomonidan juda ham qizgʻin qabul qilindi.
Uch kun davom etgan seminar so‘ngida ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *