Joriy yilning 21-24-avgust kunlari viloyatimizning 19 ta shahar va tumanlarida “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusida ilg‘or xorijiy tajriba asosida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.
O’tkazilayotgan mazkur seminar-trening jarayonlariga maktab direktorlari, matematika fani o‘qituvchilari va tabiiy (science) fani o‘qituvchilari XXI asr ko’nikmalari bo’yicha tanqidiy fikrlash va kreativ usulida o’qitilmoqda.
Maktab direktorlari uchun “Liderlik va o’zgaruvchanlikni boshqarish”, “Singapur ta’ lim tizimining kuchli tomonlari” kabi dolzarb va qiziqarli mavzularda, tabiiy fanlarda “PISA nima uchun kerak va so’rovga asoslangan ta’lim” kabi mavzularda trening mashg’ulotlari olib borilmoqda.
Joylarda o‘quv-seminarlar yuqori saviyada davom etmoqda.