Joriy yilning 21-22-avgust kunlari Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazida Farg’ona viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Umumiy o’rta ta’lim maktablarining “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishi bo’yicha jami 19 ta tuman (shahar)dan 19 nafar “Iqtisodiyot va biznes” fani o‘qituvchilari malakasini oshirish doirasida Xalqaro ilmiy-amaliy seminar-trening mashg’ulotlari o‘tkazildi.
Dars mashg‘ulotlari USAIDning “O’zbekiston yoshlari o’rtasida ishga joylashtirish ko’nikmalarini shakllantirish dasturi (YES)” dasturi doiarasidagi trenerlar va mentorlar tomonidan 2024-2025-o‘quv yilida “Iqtisodiyot va biznes” fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10- 11sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi o’quv qo’llanma trening ishtirokchilariga tushuntirib o’tildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.