⚡️Avval xabar berganimizdek,  Joriy yilning 18-19-sentabr kuni “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari tabiiy fanlar yoʻnalishi bo‘yicha treninglarga start berildi.

🔠 Kunning ikkinchi yarmida Singapurning MCE ta’lim tashkiloti eksperti Charles Chyu tamonidan taqdimotlar orqali tushunchalar berildi.

 

🔠 Trening davomida 1-modul bo‘yicha 3 ta asosiy savol ko‘rib chiqildi.
➖1. Nima uchun aynan Singapur ta’limi.
➖2. MCE tashkiloti tabiiy fanlar darsliklari tadqiqotchilikni qanday targ‘ib qiladi.
➖3. Singapur MCE tashkiloti tabiiy fanlar darsliklarini qanday xususiyatlari o‘qituvchilarga o‘z sinflarida so‘rovga asoslangan ta’limni amalga oshirishda yordam beradi.

✔️ Ushbu seminar-treningda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy Instituti mas’ul xodimi Mamadjanov Komil Ahmadjanovich, Farg‘ona viloyat pedagogik mahorat markazining 4 nafar koordinatorlari, 4 nafar tabiiy fanlar master- trenerlari, 1 nafar Ingliz tili metodisti va 38 nafar mentor oʻqituvchilar ishtirok etdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *