Joriy yilning 17-sentabr kuni Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi hamkorligida “Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy ishlash va o‘z bilimini muntazam boyitib borish, zamonaviy o‘qitish metodikasi va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

 

Ushbu seminar Farg‘ona viloyati shahar-tuman umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazildi.

Seminarni o‘tkazishdan maqsad Pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan fanlari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahorati doimiy ravishda o‘sib borishini, ularning ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalari muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlashdan iborat.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *