Joriy yilning 19-sentabr kuni Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi Ona tili va adabiyot fani metodisti Mohichehra Eraliyeva hamda Texnologiya fani metodisti Guloyimxon Mamatovalar tomonidan “Ona tili va adabiyot” fani tinglovchilariga “Metodist soati” tashkil etildi.
“Metodist soati” davomida tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi Vazirining 2024-yil 7-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida”gi 246-sonli va 2023-yil 16-avgustdagi “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 248-son buyruqlari yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi. Suhbat davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.