2024-yil fevral oyidagi Farg‘ona viloyati hokimligining tegishli ko‘rsatmasiga asosan mahorat markazida tashkil etilayotgan an’anaviy ko‘rinishdagi malaka oshirish kursini ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, tarix va tarbiya fani yo‘nalishidagi kurs tinglovchilarini Farg‘ona viloyatida joylashgan Sharqiy harbiy okrugida tashkil etilgan “Vatanparvarlik” muzeyiga amaliyotga olib borish tartibi joriy etilgan.
Shu munosabat bilan Bugun Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari Z.Mamatqulova, Sh.Qoraboyev va O‘.Ahmedovalar boshchiligida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, tarbiya hamda tarix fani malaka oshirish kursi tinglovchilari, Farg‘ona viloyati harbiy qism qoshida tashkil etilgan tarixiy muzeyga bordilar.
Ushbu jarayon bilan yaqindan tanishish maqsadida hududiy markaz direktori Maftunaxon Odilxo‘jaeva va “Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i” Zikrillo Teshaboyev birgalikda ishtirok etib jarayon haqida tinglovchilar fikri bilan qiziqdilar.