Joriy yilning 21-sentabr kuni Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi oʻqituvchisi Barnoxon Mamadaliyeva tomonidan bialogiya kursi tinglovchilari uchun “Bialogiya fanini o’qitishda noan’anaviy ta’lim yondashuvlari. Bloom taksanomiyasi” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars davomida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarda Bloom taksanomiyasi asosida tanqidiy fikrlash qobilyatlarini turli darajalarni tasniflash, ularda bilish jarayoning bosqichlarini amalga oshirish boʻyicha trening mashgʻulotlar o‘tkazildi.
Oʻquvchilarni oʻzlashtirishini inobatga olib fanlararo aloqadorlik, ishtirokchilar oʻrtasida samarali muloqot, motivatsion ta’lim samaradorligini jarayonini ta’minlash boʻyicha metodik tavsiyalar berildi. Dars davomida “Asotsatsiya”, “Aqlli oʻyinlar”, “Smart maqsadlar”, “Oʻrgimchak toʻri” va “Qiziqarli savollar berish” kabi turli xil noananaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanildi.
Ochiq dars davomida tinglovchilar koʻplab yangi metodikalarga ega boʻldilar.