O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 6-sentyabr kungi “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi ”Respublika tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 296-sonli buyrug‘iga ko‘ra 2024-yil 16-sentyabr kuni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan yaratilgan maxsus botga viloyatdagi ona tili va adabiyot hamda o‘zbek (davlat) tili fani o‘qituvchilari tanlov uchun tayyorlagan taqdimotlarini joyladilar.
Botga jami 88 ta ish joylangan bo’lib, shundan 68 ta taqdimot ona tili va adabiyot fanidan, 20 ta taqdimot o‘zbek (davlat) tili fanidan tayyorlangan. Joylangan taqdimotlar hakamlar hay’ati tomonidan jamlandi va taqdimotlarni mezon asosida tekshrish ishlari davom etmoqda.