Joriy yilning 23-sentyabr kuni Fargʻona viloyat pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining metodistlari Toshloq tumanidagi “Qizil hudud” – taʼlim sifati past maktablarining pedagog-xodimlari bilan Metodik tur doirasida uchrashdilar.

 

Xususan, Toshloqning 37 va 39-maktablarida amaliy (texnologiya, jismoniy tarbiya, ChQTB), tabiiy va filologiya yoʻnalishi fanlarining oʻqituvchilari bilan suhbatlar oʻtkazildi va ularga metodik yordam koʻrsatildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi Vazirining 2024-yil 7-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida”gi 246-sonli buyrug’i mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlari olib borildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *