Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 26-martdagi “2024-2025-o‘quv yili uchun ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yhatini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 95-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23-sentabr kuni Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi fan metadistlari tomonidan “Qizil maktab” toifasiga kiruvchi Toshloq tumani 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Metodik Tur o‘tkazildi.
Metodik tur doirasida ijtimoiy, aniq fanlar yo’nalishi hamda boshlang‘ich 3-4-sinflarda matematika darsi tahlil qilindi. Tahlil jarayonida erishilgan yutuqlar e’tirof etildi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.