Avval xabar berganimizdek O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 6-sentyabr kungi “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” Respublika tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 296-sonli buyrug‘iga ko‘ra 2024-yil 16-sentyabr kuni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan yaratilgan maxsus botga ona tili va adabiyot va o‘zbek (davlat) tili fani o‘qituvchilari taqdimotlar joylangan.
Ushbu taqdimotlar hakamlar hay’ati tomonidan mezon asosida tekshrish ishlari davom etmoqda.