Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini joriy etish to‘g‘risida” buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi 21 ta tayanch maktablarda o‘quvlar boshlandi.
Ushbu jarayon bilan yaqindan tanishish maqsadida Hududiy markaz dirktori Maftunaxon Odilxo‘jaeva Marg‘ilon shahar 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Toshloq tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga bordi.
Maktablarda faoliyat olib borayotgan pedagoglar bilan yaqindan suhbatlashdi va bo‘lib o‘tayotgan o‘quvlar haqida qisqacha ma’lumotlar berib o‘tdi.