Joriy yilning 27-sentabr kuni Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi Tarix fani metodisti S.Ibroximova, Davlat va huquq asoslari fani metodisti M.Hoshimova hamda Tarbiya fani metodisti D.Ruziyevlar tomonidan Tarix va Tarbiya fani guruhlaridagi tinglovchilari uchun “Metodist soati” tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi Vazirining 2024-yil 7-fevral, 32-son “O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”ги buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligining 2024 yil 24-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma Qarori yuzasidan ma’lumotlar berildi. Suhbat davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *