2024-yil 27-sentabr kuni Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi “Axborot-resurs markazi”da 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Ustozlarga ehtirom” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

      

⭐️ Mazkur tadbir “Umumta’lim maktab kutubxona rahbar va xodimlari” guruh tinglovchilari tomonidan tashkillandi. Bunda “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri G.Sharobutdinova, tarix fani o’qituvchisi Sh. Qoraboyev hamda tarix va tarbiya fani tinglovchilari ishtirok etdilar.

🎤Tadbirni hududiy markaz direktori Maftunaxon Odilxo‘jaeva kirish so‘zi va bayram tabrigi bilan ochib berdi.

⌛ Ishtirokchilar tomonidan She’rlar, qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *