Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Farg‘ona  shahar  44 -umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Najot- ta’limda, najot -tarbiyada , najot-bilimda” shiori ostida “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani o‘qituvchilarini moddiy texnika vositalari, inshootlarini tayyorlash va ulardan foydalanish metodikasi” mavzusida o’quv-seminar tashkillandi.

Seminarda Farg‘ona viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari CHQBT fani o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda Farg‘ona  shahar  umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat olib borayotgan CHQBT fani o‘qituvchilari  A.Erqulov,  D.Xakimov, Sh.Abdullayevlar  o’z  ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Seminar qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *