Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 26-martdagi “2024-2025-o‘quv yili uchun ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yhatini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 95-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 26-sentabr kuni Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi metadistlari tomonidan “Qizil maktab” toifasiga kiruvchi Toshloq tumani 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Metodik Turning navbatdagi bosqichi o‘tkazildi.
Metodik tur doirasida darslar tahlil qilindi.
Jamoada sog’lom raqobat va sog’lom muhitni shakllantirish, darslarda yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, ota-onalar bilan hamkorlikni to’g’ri yo’lga qo’yish, ta’lim sifat samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi haqida o’qituvchilarga tavsiyalar berildi.